Mahalliy

Diplomatlar koʻmagida ikki oylik chaqaloq onasi bagʻriga qaytarildi

Rossiya migratsiya qonunlarini buzgan oʻzbekistonlik ayolning ikki oylik chaqalogʻi Novosibirskda vasiylikka olinib, reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan. Oʻzbekiston diplomatlarining aralashuvidan soʻng bola onasiga qaytarildi va ular Toshkentga olib kelindi.

Diplomatlar yordamida ikki oylik chaqaloq onasiga qaytarildi.

Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi qiyin ahvolga tushib qolgan oʻzbekistonlik ayol va uning ikki oylik farzandini Oʻzbekistonga qaytarishga yordam berdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgan. Natijada uning ikki oylik chaqalogʻi vasiylikka olinib, Novosibirsk shahridagi “Rassvet” bolalar va oʻsmirlar reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni oʻrganib chiqqandan soʻng, ona va bolani Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha zarur choralarni koʻrdi. Diplomatlar xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi hamda bola joylashtirilgan reabilitatsiya markazi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Koʻrilgan choralar natijasida ona va bolaning Oʻzbekistonga qaytishi uchun zarur sertifikatlar rasmiylashtirildi. Shundan soʻng Bosh konsulxona vakillari ikki oylik chaqaloqni reabilitatsiya markazidan olib, Novosibirsk aeroportida kutib turgan onasiga topshirdi.

Ona va bola 28-avgust kuni Rossiya aviakompaniyasi reysi orqali Toshkentga qaytarildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.