Mahalliy

Yekaterinburgda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik Vataniga qaytarildi

Bosh konsulxonaga Navoiy viloyatida tug‘ilgan O.V.ning bir necha kundan buyon turar joysiz qolgani va yashash

Yekaterinburgda qiyin ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi o‘z Vataniga qaytarildi.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi og‘ir vaziyatga tushgan vatandoshlarga yordam berish va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini davom ettirmoqda.

Bosh konsulxonaga Navoiy viloyatida tug‘ilgan O.V. ismli fuqaro haqida xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, u bir necha kundan buyon turar joyga ega emasligi va yashash uchun zarur sharoitlar yo‘qligi sababli ko‘chada tunashga majbur bo‘lgan.

Diplomatlar ushbu murojaatni tezkorlik bilan o‘rganib chiqib, fuqaro bilan konsulxonada suhbat o‘tkazdilar. Uning shaxsi va yuzaga kelgan vaziyat aniqlangach, konsullik xodimlari fuqaroning yaqinlari bilan bog‘lanishdi.

Shundan so‘ng, uni doimiy yashash joyiga xavfsiz qaytarish choralari ko‘rildi. Bosh konsulxona ko‘magida Yekaterinburg–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta sotib olindi va vatandoshning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.