Sport

Derbida hakamlik mojarosi, «Barsa» 4 ta gol bilan cheklandi

Pro Ref Holandning goli hisobga olinishi VAR xatosi sabab boʻlganini tan oldi va «Manchester Yunayted»dan uzr soʻradi.

Derbidagi hakamlik mojarosi, «Barsa» 4 ta gol bilan cheklandi

«Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» 0:1

Gol:

Holand, 60 (0:1)

«Manchester Yunayted»: Lammens, Maguayr, Martines, Dorgu, Dalot, Tilemans (Sheshko, 67), Maynu, Brunu Fernandesh, Reshford (Zirkze, 83), Mbemo, Kunya

«Manchester Siti»: Donnarumma, Ruben Diash, Geyi, Gvardiol, Mateush Nunesh, Anderson, Fernandes (OʼRayli, 82), Sherki (Ndiay, 46), Semenyo, Foden, Holand

Ogohlantirishlar: Maguayr, 81 – Gvardiol, 79. Fernandes, 80

Chetlatish: Foden, 23

Husanov ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham zaxirada qoldi – Mareska o‘ng qanot himoyasida Mateush Nuneshga ishonishda davom etmoqda. Kerrik esa chap qanotda jarohat olgan Shou o‘rniga Dorguni maydonga tushirdi.

Manchester derbisining birinchi bo‘limi xavfli vaziyatlarga boy bo‘lmadi – eng esda qolarli holat darvozaga uyushtirilgan hujum bilan emas, raqiblarning bir-biriga tashlanishi bilan bog‘liq edi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida o‘yindagi sokinlikni Bruno Fernandesh va Foden ishtirokidagi to‘qnashuv buzdi.

23-daqiqada Bruno yon chiziq yonida to‘pni Fodendan olib qo‘yishga urinib, uni tepib yiqitdi. U yerda yotgan raqibining bel qismiga ham oyog‘i bilan zarba berdi.

Foden bunga chiday olmay, yotgan holatda Brunoning qorniga tepdi, biroq bosh hakam Maykl Oliver portugaliyalik yarimhimoyachining harakatini e’tiborsiz qoldirib, faqat angliyalik futbolchini jazoladi — to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil.

Son jihatdan ustun bo‘lib qolganidan keyin ham «MU» ko‘p vaziyat yarata olmadi, birinchi bo‘limda darvoza tomon yo‘llangan yagona aniq zarba 7-daqiqada Lisandro Martinesning Donnarummaning qo‘liga borib tushgan zarbasi bo‘ldi. Shuningdek, bo‘lim oxirida Reshfordning, ikkinchi bo‘lim boshida esa Maynuning zarbalaridan keyin to‘p ustunga tegdi. Shu vaziyatlardan so‘ng «MU» son ustunligidan foydalanib, raqibni bosib tashlashi kutilgandi, ammo bunday bo‘lmadi.

60-daqiqada yana bir bahsli epizod yuz berdi. Gvardiol qanotdan uzatma berdi, uzoq ustun yonida turgan Holand to‘pni bir teginishda darvoza to‘riga joyladi. Avvaliga maydondagi hakamlar norvegiyalik hujumchini ofsaydda deb topib, golni bekor qilishdi. Ammo vaziyatga VAR aralashib, Holand to‘g‘ri holatda bo‘lganini bildirdi va gol hisobga olindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.