Dam olish kuni harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

Dam olish kunlari harorat oshishi kutilmoqda
Dam olish kunlari respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, shimoliy hududlarda va tog‘larda esa o‘zgaruvchan bo‘lishi kutiladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Prognozlarga ko‘ra, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
4–5-sentyabr kunlari harorat deyarli o‘zgarmaydi, respublikaning katta qismida kunduzgi havo harorati 28-33 daraja, janubda 35 darajagacha, Farg‘ona vodiysida esa 23-28 daraja atrofida saqlanadi. Harorat asosan kechalari va erta tongda 13-18 daraja bo‘ladi.
6-sentyabr, yakshanba kuni harorat 2-3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.
4–5 sentyabrda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
Sentyabr oyi bo‘yicha prognozlarga ko‘ra, respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘ladi.

