Sport

“Chelsi” “Manchester Siti”ga Fernandesning transfer narxini ma’lum qildi

"Chelsi" Fernandesni "Manchester Siti"ga 164 million yevroga sotishga rozi

Londonning "Chelsi" futbol klubi argentinalik yarimhimoyachi Enso Fernandesni "Manchester Siti"ga 164 million yevro evaziga transfer qilishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Euro-Football nashri Topskills Sports UK ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaning ta'kidlashicha, Fernandesning o'zi ham "shaharliklar" safiga qo'shilishni xohlaydi, ammo transferni amalga oshirish uchun klub rahbariyatiga bosim o'tkazish niyatida emas. Yarimhimoyachi klublar o'zaro kelishuvga erishishini kutishni afzal ko'rmoqda. O'z navbatida, "Manchester Siti" ham Ensoni sotib olishdan oldin, avval o'z tarkibidagi ba'zi futbolchilarni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq "aristokratlar" rahbariyati futbolchini sotish masalasini muhokama qilish uchun 14-avgustni (London vaqti bilan 17:00) so'nggi muddat etib belgilagani xabar qilingandi. Biroq bu vaqt oralig'ida "Chelsi"ga Entso transferi bo'yicha hech qanday taklif kelib tushmagan.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli yarimhimoyachi o'tgan mavsumda barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda jami 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 15 ta gol hamda 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.