Sport

“Chelsi” Enso uchun “Manchester Siti”dan qancha talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi — Romano

“Chelsi” Enso Fernandes uchun “Manchester Siti”dan qancha so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi — Romano

Mashhur insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berilishicha, Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachi Enso Fernandesning transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunlash uchun 14-avgust, juma kuni Britaniya vaqti bilan soat 17:00 ni so‘nggi muddat etib belgiladi.

Manbaga ko‘ra, agar ushbu muddatgacha klublar kelishuvga erisha olmasa, transfer amalga oshmaydi. 25 yoshli argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalardan uning uchun 140,5 million yevrolik sof taklif yuborish talab etiladi.

Xabarda aytilishicha, hozirda “Manchester Siti” futbolchi uchun kurashda asosiy da’vogar hisoblanadi. “Shaharliklar” bir necha kundan buyon uning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda va London klubi rahbariyati bu jarayondan to‘liq xabardor qilingan.

25 yoshli Enso 2023-yilning qishida “Benfika”dan “Chelsi”ga o‘tgan edi. U shu kungacha barcha turnirlarda jami 166 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Argentinalik yarimhimoyachi londonliklar bilan birgalikda 2024/2025-yilgi mavsumda Konferensiyalar Ligasida hamda 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2032-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portali uning hozirgi bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.