ChatGPT foydalanuvchi nomidan yozishmalarga javob berishni oʻrgandi
Sunʼiy intellekt toʻplangan maʼlumotlar asosida matnlar tayyorlaydi va ularni suhbatdoshlarga yuboradi.

ChatGPT endi foydalanuvchi nomidan xabarlarga javob berish qobiliyatiga ega boʻldi.
Dasturchilar neyrotarmoqni iMessage xizmatiga muvaffaqiyatli integratsiya qilishdi. Natijada, macOS uchun yangilangan versiya foydalanuvchining yozishmalariga kirish imkoniyatiga ega boʻldi.
Endilikda chat-bot qurilma egasining kimlar bilan va qanday mavzularda suhbatlashayotganini tahlil qila oladi. Sunʼiy intellekt toʻplangan maʼlumotlar asosida javob matnlarini shakllantiradi va ularni suhbatdoshlarga yuboradi.
OpenAI kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, bu funksiya avtomatik tarzda ishga tushmaydi – uni foydalanuvchi oʻzi faollashtirishi lozim. Shuningdek, dastur har bir xabar yuborilishidan oldin foydalanuvchidan tasdiqlashni soʻraydi.

