Dunyo

Chad Sudanni chegarada aviazarba berishda va 12 kishini o‘ldirishda aybladi

Chad hukumati 27-avgust kuni Sudan bilan chegarada sodir bo‘lgan havo hujumida Sudan armiyasini aybladi, natijada kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Chad xavfsizlik xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, hujum "Tezkor yordam kuchlari" (TYK) guruhiga yonilg‘i yetkazib beruvchi bozorga qilingan. AFP agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu zarba oqibatida 12 kishi vafot etgan va yetti kishi jarohatlangan. Chadning bu ayblovi Sudan armiyasi va TYK o‘rtasidagi uch yildan ortiq davom etayotgan va millionlab odamlarni o‘z uylaridan mahrum qilgan fuqarolar urushi fonida yangramoqda.

O‘tgan hafta ham Chad Sudan armiyasini o‘z hududidagi harbiy karvonga havo zarbasi berganlikda ayblagan edi. Chad armiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha zarbalar mamlakat sharqidagi Ennedi viloyatida, chegaradan 100 kilometrdan ortiqroq ichkarida berilgan. Bu hujumda Chad harbiylaridan hech kim jabrlanmagan.

Xavfsizlik xizmati manbasiga ko‘ra, dronlar tahdidiga javoban Chad bu hududda jangovar tayyorgarlik darajasini eng yuqori bosqichga ko‘targan. Reuters agentligining mahalliy manbasiga ko‘ra, mamlakat Sudan chegarasi yaqinidagi Tine shahri yaqiniga 100 ga yaqin bronetransportyor va radioaloqani bo‘g‘uvchi maxsus texnikalarni joylashtirgan.

27-avgust kuni Sudan tomoni hodisa holatlari bo‘yicha professional va mustaqil surishtiruv o‘tkazilmasdan turib, o‘z armiyasiga nisbatan ilgari surilgan ayblovlardan hayratda ekanini bildirdi.

Sudan Tashqi ishlar vazirligi o‘z kuchlari qo‘shnilarining suverenitetini hurmat qilgan holda va ularning hududini nishonga olmagan holda, Sudan suvereniteti, xavfsizligi hamda tinchligini himoya qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy burchini bajarayotganini ma’lum qildi. AQSHning Xartumdagi elchixonasi ham Sudan armiyasini Chadga uyushtirilgan so‘nggi zarbalarda aybladi va bu hujumlarni qoraladi.

Sudan armiyasi ilgari Chadni TYK harbiy guruhi tomonida turishda ayblagan edi. Shu bilan birga, urush sabab o‘z uyini tashlab ketgan bir millionga yaqin sudanlik qochqinlar Chadga o‘tib ketgan va u yerda hozirda suv tanqisligiga duch kelmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.