Texnologiya

Cadillac tarixdagi eng qimmat Escalade’ni taqdim etdi

Maxsus yöltanlamas 252 nusxadan iborat çeklangan adadda işlab çiqariladi.

Cadillac tarixdagi eng qimmat Escalade’ni namoyish qildi

Cadillac kompaniyasi markaning 125 yillik yubileyiga bag‘ishlangan Escalade yo‘ltanlamasining maxsus talqinini taqdim etdi.

Amerika brendi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, yangi avtomobil Escalade-V modeli asosida yaratilgan bo‘lib, uning narxi 239 ming dollarni tashkil etadi.

Maxsus yo‘ltanlamas 252 nusxadan iborat cheklangan seriyada ishlab chiqariladi. Dizayndagi asosiy o‘zgarishlar orasida ko‘k rangli tormoz supportlariga ega yangi 24 dyuymli g‘ildirak disklari, kuzovning tashqi qismlaridagi (radiator panjarasi, bamperlar va yon oynalar) karbon qoplamalar hamda ostonalarning maxsus yoritkichlari bor.

«Yubiley» yo‘ltanlamasining saloni qora va kulrang ranglarda ishlangan. Shuningdek, interyerda brendning poyga modellariga ishora qiluvchi ko‘k rangli urg‘ular qo‘llangan. Masalan, xavfsizlik kamarlari va o‘rindiqlarning choklarida aynan shu rang ishlatilgan.

Yangi model 692 ot kuchiga ega 6,2 litrli benzinli V8 dvigateli bilan jihozlangan. Mashina to‘liq uzatmali bo‘lib, soatiga 100 km tezlikka 4,5 soniyada erishadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.