Boshqa

Buxorodagi xonadonlardan birida qalbaki pullar va giyohvandlik vositalari topildi

Qalbaki banknotalarning umumiy nominal qiymati 3 million 32 ming sömni taşkil etadi.

Buxorodagi xonadonlardan birida qalbaki pullar va giyohvandlik vositalari topildi

Buxoro viloyat bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Vobkent tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Oldindan kuzatuvga olingan shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, har biri 2 000 so‘mlik jami 1 516 dona qalbaki banknota va bir dona rangli printer aniqlandi.

Qalbaki banknotalarning umumiy nominal qiymati 3 million 32 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, xonadonni ko‘zdan kechirish jarayonida og‘irligi 284,71 gramm marixuanaga o‘xshash modda hamda parvarishlab kelingan 7 tup kannabis o‘simligi ham topildi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.