Mahalliy

Samarqandda qalbaki dollar sotayotgan uch shaxs qoʻlga olindi

Ushbu soxta banknotlar Turkiyadan keltirilgan boʻlgan.

Samarqandda qalbaki dollar sotishga uringan uch shaxs ushlandi

Samarqandda qalbaki dollarlar savdosi aniqlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxslar qoʻlga olindi.

Xususan, Toyloq tumanida yashovchi, 1996, 2002 va 2003 yillarda tugʻilgan 3 nafar fuqaro 100 AQSh dollari nominalidagi qalbaki banknotlardan iborat jami 7400 AQSh dollarini shartli xaridorga 44 mln soʻmga sotgan paytlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Aniqlanishicha, qonunbuzarlarning 2 nafari muqaddam sudlangan boʻlib, qalbaki kupyurlar Turkiyadan olib kelingan.

Holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, shuningdek ushbu noqonuniy ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.