Buxorodagi «Karvon» bozorida yongʻin sodir boʻldi
Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. FVV qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishini bildirdi.

Buxorodagi «Karvon» bozorida yongʻin yuz berdi
3-oktabr kuni soat 21:49 da Buxoro viloyati FVBga Buxoro shahrida joylashgan «Karvon» bozorida yongʻin chiqayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari ko‘rsatilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlariga kirishgan.
Tan jarohati olganlar haqida xabar kelmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

