Mahalliy

Buxoroda 8 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etgan erkakka jinoyat ishi ochildi

Qorako‘l tumanida 8 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tumani prokuraturasi tomonidan tergov olib borilmoqda, jabrlanuvchiga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

Buxoroda 8 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etgan erkakka jinoyat ishi ochildi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 8 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Hodisa 23-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Fuqaro Sh. R. 8 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, jarayon prokuratura nazoratiga olingan.

Tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan jabrlangan qizning holati o‘rganilib, unga zarur ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi agentlik xabarida.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.