Mahalliy

Buloqboshidagi yirik YTHda 3 kishi halok boʻlgani tasdiqlandi

Boshqaruvni yoʻqotgan yuk mashinasi jami 7 ta mashinaga urilgan, yoʻl chetidagi doʻkonlarga ham zarar yetgan. Hodisa oqibatida 3 kishi halok boʻlib, 4 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Buloqboshidagi katta YTHda 3 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi

Andijon viloyati YHXB Buloqboshi tumanida yetti avtomobil ishtirok etgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Voqea 10-oktabr kuni soat 09:40 lar atrofida Neftchilar mahallasidagi Konchilar ko‘chasida yuz bergan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Neftchilar - Kulla yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 48 yoshli O‘.A. boshqaruvidagi tuproq ortilgan Howo yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik paydo bo‘lgan. Natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda ketayotgan Cobalt, Nexia, BYD Song Plus va Nexia 2 avtomobillari, shuningdek, yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan Nexia 3, Damas va Matiz bilan to‘qnashgan. Bundan tashqari, ko‘cha bo‘yidagi do‘konlarga ham zarar yetgan.

YTH oqibatida uch nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Howo haydovchisi va yana uch kishi turli tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.