Bugun O‘zbekistonning uchta hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 25-27 daraja bo‘ladi

Bugun O‘zbekistonning uchta hududida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Farg‘ona vodiysida va kechqurun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 daraja bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20 daraja bo‘ladi.

