Bugun Toshkent va qator hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Shimoliy hududlarda havo harorati 23-28 daraja bo‘ladi

Bugun Toshkent va bir qator hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30-35 daraja, shimolda esa 23-28 daraja bo‘ladi.
Toshkentda ham qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-28 daraja bo‘ladi.

