Bugun Oʻzbekistonning katta qismida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin.

Bugun Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
Oʻzgidromet xabariga koʻra, kunduzi Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, biroq Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 7-12 metrni tashkil etadi. Havo harorati — 18-23 daraja issiq.
Poytaxtda kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol — soniyasiga 3-8 metr. Harorat — 20-22 daraja issiq.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda esa qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 7-12 metrni tashkil etadi. Harorat — 11-16 daraja issiq.

