Bugun O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Havo harorati ko‘tarilib, janubda 32 darajagacha bo‘lishi mumkin

Bugun O‘zbekistonning bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja, janubda esa 32 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, ayrim paytlarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-27 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20 daraja bo‘ladi.

