Mahalliy

Bugun Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi va harorat 23 darajagacha boʻladi

Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin.

Bugun Oʻzbekistonda yogʻingarchilik boʻlmaydi, havo 23 darajagacha isiydi

Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun Oʻzbekiston boʻyicha havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Havo harorati 18-23 daraja issiq boʻladi.

Toshkentda ham havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol — 3-8 metr/sekund. Havo harorati 20-22 daraja issiq darajasida saqlanib qoladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda esa qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol 7-12 metr/sekundni tashkil etadi. Havo harorati — 10-15 daraja issiq.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.