Bugun Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, harorat 33 darajagacha koʻtariladi

Bugun Oʻzbekistonda yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati 33 darajagacha koʻtariladi
Oʻzgidromet xabariga koʻra, bugun Oʻzbekiston boʻyicha kam bulutli, joylarda oʻzgaruvchan havo boʻlishi, yogʻingarchilik kutilmasligi maʼlum qilindi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33 darajani tashkil etadi.
Toshkentda kam bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan havo boʻlishi, yogʻingarchilik kutilmasligi prognoz qilinmoqda. Shamol shimol-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida oʻzgaruvchan havo boʻlishi, joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin. Momaqaldiroq boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25 daraja boʻladi.

