Bugun O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha tushishi mumkin
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi

Bugun O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha pasayishi mumkin. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25 daraja bo‘ladi.
Toshkentda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18 daraja bo‘ladi.

