Bryusselda qonuniy mehnat migratsiyasini kengaytiriş masalasi kötarildi
Bryusselda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi tahlil markazlarining birinçi forumi bölib ötdi. Unda qonuniy mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytiriş, yangi bozorlarga çiqiş va transport aloqalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Bryusselda qonuniy mehnat migratsiyasini kengaytirish masalasi ko‘tarildi
Forumga doir press-relizga ko‘ra, tadbir 2026-yil 27–28-oktabr kunlari Yevropa tashqi aloqalar xizmati bo‘sh qarorgohida ikki mintaqaning yetakchi tahlil markazlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan.
Forumda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik mintaqaning investitsiya va texnologiyalarni jalb etish, yangi bozorlarga chiqish hamda transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini kengaytirishi lozimligini ta’kidladi.
«Biz uchun Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik - boshqa sheriklar bilan hamkorlik qilish erkinligini saqlagan holda iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, bozorlarni diversifikatsiya qilish va yangi texnologiyalarni jalb etish imkoniyatidir», - dedi u.
Aripov inson kapitali, kasbiy ta’lim va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, qonuniy mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.
Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida o‘ta muhim minerallarni qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlashni qamrab oluvchi qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish qayd etildi. Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishida tashuvlar samaradorligini oshirish hamda suv va iqlim bilan bog‘liq xatarlarga chidamlilikni kuchaytirish masalalari ham ko‘tarildi.
Shuningdek, xavfsizlik choralarini iqtisodiy rivojlanish va ta’lim tashabbuslari bilan uyg‘unlashtirish orqali Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlashga ko‘maklashish haqida so‘z bordi.
SMTI direktori erishilgan kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirish zarurligini ta’kidladi.
«Bugun belgilangan siyosiy yo‘nalishlarni aniq loyihalar va amaliy natijalarga aylantirish muhim. Sherikligimiz samaradorligi aynan shu mezon asosida baholanishi lozim», - dedi Eldor Aripov.
Forum SMTI, YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili ofisi hamda YEI Xavfsizlik tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etildi. U 2025-yil aprelida Samarqandda o‘tgan birinchi «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» sammitining amaliy davomi bo‘ldi. O‘sha sammit yakunlariga ko‘ra, ikki mintaqa munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan edi.
Forum ishtirokchilari ekspertlar muloqotini davom ettirish va ushbu platformani muntazam hamkorlik formati sifatida rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

