Mahalliy

Bosh prokuratura Bobur koʻchasidagi tarixiy bino boʻyicha hokimning qarori yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritdi

Bosh prokuratura Toshkent shahri, Bobur koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan madaniy meros obʼyektiga daxldor hokim qarorini qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi maʼlum qildi. Avvalroq Agentlik Bosh prokuraturaga tarixiy binoning saqlanishini xavf ostiga qoʻygan boʻlishi mumkin boʻlgan oʻtgan yillardagi qarorlarga huquqiy baho berishni soʻrab murojaat qilgan edi. Agentlikning xabar berishicha, Bosh […]

Bosh prokuratura Bobur koʻchasidagi tarixiy binoga oid hokim qarori yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritdi

Bosh prokuratura Toshkent shahri, Bobur koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan madaniy meros obʼyektiga daxldor hokim qarorini qonunga xilof deb topish talabi bilan sudga daʼvo arizasi kiritdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi maʼlum qildi.

Avvalroq Agentlik Bosh prokuraturaga tarixiy binoning saqlanib qolishini xavf ostiga qoʻyishi mumkin boʻlgan oʻtgan yillardagi qarorlarga huquqiy baho berishni soʻrab murojaat qilgan edi.

Agentlikning xabar berishicha, Bosh prokuratura uning pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlagan. Nazorat organi aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish uchun sudga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur ish sud tartibida koʻrib chiqilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.