Mahalliy

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

«Adolat» SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi. Tashabbus oʻzbekistonliklarni larzaga solgan mudhish jinoyat - 5 yoshli qizning bogʻchada zoʻrlanishi bilan bogʻliq.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga taqdim etildi

«Adolat» SDP fraksiyasi tashabbusi bilan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining yigʻilishida mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida tegishli qaror qabul qilindi, shuningdek, palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasiga masʼul etib belgilandi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi 29-sentabr kuni oʻtkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan sodir etilgan zoʻravonlik uchun jazoni kuchaytirishga chaqiriqlar Namangan viloyatidagi mudhish jinoyat fosh etilganidan soʻng yangray boshladi.

23-sentabr kuni Uchqoʻrgʻon tumanidagi davlat bogʻchasida 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etilgani haqida xabar berildi. Bolaning yaqinlariga koʻra, u bogʻchaning 52 yoshli xoʻjalik ishlari boʻlimi mudiri tomonidan bir necha bor zoʻravonlikka uchragan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.

26-sentabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi voqeani oʻrganish uchun ishchi guruh tuzilganini, daxldor deb topilgan bogʻcha xodimlari bilan mehnat shartnomalari bekor qilinganini maʼlum qildi.

Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritib, masʼullarning javobgarligi masalasini koʻrib chiqish, voqeaga imkon bergan sabablarni bartaraf etish, bogʻchalarda bolalar xavfsizligi va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirishni soʻradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.