Mahalliy

Bolalar ombudsmani Namangandagi bog‘chada sodir etilgan zo‘ravonlik holati yuzasidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Bolalar ombudsmani Namangandagi bog‘chada jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritdi. Unda xizmat tekshiruvi natijalarini tanqidiy ko‘rib chiqish, xodimlar javobgarligini ta’minlash va barcha MTTlarda bolalar xavfsizligini kuchaytirish so‘raldi.

Bolalar ombudsmani Namangandagi bog‘chada yuz bergan zo‘ravonlik holati bo‘yicha vazirlikka taqdimnoma yo‘lladi

Bolalar ombudsmani maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritdi.

Bolalar ombudsmani taqdimnomasida mazkur voqea bo‘yicha o‘tkazilayotgan xizmat tekshiruvi natijalarini tanqidiy baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mas’ul xodimlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlangan.

Shuningdek, hodisaning yuz berishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni yo‘qotish, kelgusida bunday holatlar takrorlanishining oldini olish hamda ularning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish talab qilingan.

Taqdimnomada respublikaning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligini qat’iy ta’minlash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zarurligi qayd etilgan.

Jumladan, tashkilotlar xodimlarining kasbiy vazifalarini bajarishi ustidan mas’ullar tomonidan manzilli tekshiruvlar o‘tkazish, bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ichki nazorat mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish so‘ralgan.

Qonunchilikka muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi taqdimnoma ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida 15 kun muddatda Bolalar ombudsmaniga ma’lumot berishi lozim. Hisobotga tegishli hujjatlarning nusxalari ham ilova qilinishi kerak.

Bolalar ombudsmani davlat organlari faoliyatida bola huquqlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda davom etishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar berildi.

52 yoshli gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.