Dunyo

BMT qarshisida namoyishlar davom etmoqda

Shu hafta butun dunyodan prezident va siyosatchilar BMT oliy minbarida nutq soʻzlarkan, tashkilotning Nyu Yorkdagi bosh qarorgohi oldida namoyishlar oʻtkazildi. Kun.uzʼning AQShdagi muxbiriga koʻra, yigʻilganlar minglab va ular asosan Isroilga qarshi. Ayniqsa Netanyahu soʻzga chiqqan kuni namoyishlar yanada shiddatliroq avj olgan.

BMT qarshisida namoyishlar davom etmoqda

BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohiga olib boruvchi ko‘chalar tadbir boshlanishidan oldin omma uchun to‘liq yopildi. Hatto ko‘prik, tunnel va jamoat transporti ham harakatlanmadi. Tadbirga faqat ruxsatnomasi borlar kirib-chiqish huquqiga ega bo‘ldi. Qarorgoh ro‘parasidagi ko‘chada esa minglab odamlar besh kundan beri norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda. Ular asosan Isroilga qarshi chiqib, Netanyahuni qoralamoqda.

Aynan shu kuni yig‘ilganlar soni yanada ko‘proq edi. Ular «Netanyahuga o‘lim», «Kimdir uni to‘xtatsin», «Musulmonlar qirg‘ini», «Bolalar qassobi» degan yozuvlarni ko‘tarib olgandi. Shuningdek, Netanyahuga qo‘shib Tramp ham keskin qoralandi.

Namoyishlar faqat Isroilga qarshi emas, Xitoy va Eronga ham qarshi edi. To‘planganlar Xitoydagi kommunistik va hozirgi Erondagi tuzumlarni cheklashni talab qilib chiqishgan.

Ko‘pchilik Falastin davlatchiligi va Isroilning Falastinga zo‘ravonligini qoralab, ozod Falastin davlatini tuzishni so‘radi. Ularning qo‘lida yozuvlar va Falastin bayroqlari bor edi.

Namoyishlarning tinch o‘tishini ta’minlash uchun Nyu-York politsiyasining ko‘p sonli xodimlari qo‘riqlab turishdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.