BMT delegatlari Netanyaxu nutqi paytida zalni tark etishdi. Video

BMT delegatlari Netanyaxuning nutqi paytida zalni tark etishdi. Video
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi oʻnlab delegatlarning zalni tark etishi va shahar markazidagi norozilik namoyishlari bilan kuzatildi.
Nutqining boshidayoq Netanyaxu mamlakatlar vakillarining chiqib ketganiga munosabat bildirib, zalni tark etganlarni «maʼnaviy qoʻrqoqlar» deb atadi. Keyinchalik u Isroilning harakatlarini himoya qildi va mamlakat oʻzini himoya qilishda davom etishini maʼlum qildi.
Zalni namoyishkorona tark etishdan tashqari, Netanyaxuning chiqishi Manxetten markazidagi koʻcha namoyishlari bilan ham kuzatildi. Bir nechta falastinparast tashkilotlar shaharning turli hududlarida aktsiyalar oʻtkazdi, ularda 1 250 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Politsiya 100 ga yaqin namoyishchini qoʻlga oldi, deb xabar beradi The New York Times.
Qoʻlga olinganlar orasida aktrisalar Syuzan Sarandon va Xanna Aynbinder, shuningdek, Nyu-York merining Netanyaxuni tanqid qilgan bir nechta siyosiy maslakdoshlari, jumladan Zohran Mamdani ham bor edi.

