Bir oylik harbiy xizmat narxi va shartlari qanday?
2026-yil sentabridan bir oylik harbiy xizmat narxi 9 mln 520 ming soʻm boʻldi. Pulni 3 oydan 12 oygacha boʻlib toʻlasa boʻladi. Kimlar bir oylik xizmatga borishi mumkin? Xizmatga borish tartibi va u muddatli xizmatdan nimasi bilan farq qilishini tushuntiramiz.

Bir oylik harbiy xizmatning narxi va shartlari qanday?
Bir oylik harbiy xizmatga quyidagi shaxslar qabul qilinadi:
18–27 yoshdagi erkaklar; sogʻligida ayrim cheklovlar boʻlsa ham, xizmatga yaroqli deb topilganlar; oʻqish, oila yoki sogʻliq sababli harbiy xizmatni kechiktira olmaydiganlar; muddatli xizmatga chaqirilmaganlar.
Xizmat hududiy prinsip asosida tashkil etiladi va bir marta bir oylik harbiy yigʻinda qatnashiladi.
Bir oylik harbiy xizmat uchun toʻlov mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 7 barobariga teng. 2026-yil 1-sentabrdan MHTEKM 1 mln 360 ming soʻm etib belgilangan.
Shunga koʻra, bir oylik harbiy xizmat uchun 9 mln 520 ming soʻm toʻlanadi. Badal 12 oyga boʻlib toʻlansa, oyiga 793 333 soʻmdan toʻgʻri keladi.
Agar oilangiz Ijtimoiy reyestrda boʻlsa, xizmat bepul.
Bu imtiyoz 18–27 yoshdagi oila aʼzolariga tegishli.
Xizmat bepul koʻrsatiladi va maʼlumotnoma darhol tayyor boʻladi.

