Mahalliy

Kitobxon askarning xizmat muddati bir oyga qisqartirilishi mumkin

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tashning nufuzi va jozibadorligini oshirish, malakali

Kitobxon askarning xizmat muddati bir oyga qisqartirilishi mumkin

Parlament Quyi palatasi majlisida «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tashning nufuzi va jozibadorligini oshirish, malakali harbiy kadrlarni tayyorlash hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan.

Hujjat bilan oliy harbiy ta’lim muassasalari, shuningdek, xorijiy oliy harbiy ta’lim muassasalarining uchuvchi mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilari bilan yangi kontrakt tuzishning huquqiy asoslarini belgilash taklif qilinmoqda.

Shuningdek, respublika kitobxonlik tanlovida yuqori natijalarga erishgan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddatini bir oyga qisqartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritish ko‘zda tutilgan.

Muhokama chog‘ida ta’kidlanganidek, ushbu rag‘batlantirish chorasi harbiy xizmatchilar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.