Binance rahbari mijozlarning hakerlar hujumi oqibatida körgan zararlari qoplab berilişini aytdi
30-oktabr kuni Binance'ga hakerlik hujumi uyuştirilgani maʼlum böldi. Platformaning maʼlum qilişiça, hodisa oqibatidagi umumiy zarar taxminan 6,3 milliard dollarni taşkil etadi.

Binance rahbari mijozlarning hakerlar hujumi oqibatida ko‘rgan zararlari qoplab berilishini aytdi
Binance kompaniyasi rahbari Richard Teng kriptobirjaga uyushtirilgan hakerlik hujumidan so‘ng kompaniya rahbariyati turli mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlik qilayotganini bildirdi.
«Ishonchingiz komil bo‘lsin: biz bu muammoni hal qilish, foydalanuvchilarning yo‘qotishlarini qoplash va ishonchingizni oqlash uchun kecha-yu kunduz ishlayapmiz. Taʼkidlab o‘tmoqchimanki, hakerlik hujumi oqibatida yuzaga kelgan barcha zararlarni kompaniya mablag‘lari hisobidan qoplash majburiyatini olamiz. Aktivlaringiz xavfsizlikda», - dedi Teng.
Reuters agentligining xabar berishicha, Binance'ga uyushtirilgan hakerlik hujumi bo‘yicha tergov ishlarida FQB ham ishtirok etmoqda. Byuro voqeadan xabardor ekanini va «hodisa ko‘lamini aniqlash maqsadida tegishli davlat hamda xususiy hamkorlar bilan hamkorlik qilayotganini» maʼlum qildi. Bundan tashqari, tergovga AQSh Maxfiy xizmati ham qo‘shilgan.
Binance'ga hakerlik hujumi uyushtirilgani 30-oktabr kuni maʼlum bo‘ldi.
Platformaning maʼlum qilishicha, hodisa oqibatidagi umumiy zarar taxminan 6,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, platformaga hujum DevOps muhandislaridan birining noutbukidagi maxfiy maʼlumotlar sizib chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan. Bu esa hakerlarga xizmat ko‘rsatish tizimlariga kirish va mablag‘larni chiqarib olish imkonini bergan.

