Texnologiya

Bill Geyts 20 yildan söng aksariyat işlarni robotlar bajarişini kutmoqda

Microsoft hammuassisi Bill Geytsning fikriça, taxminan 20 yildan söng sunʼiy intellektli robotlar uy quriş, oziq-ovqat yetiştiriş va jarrohlik operatsiyalarini ötkaziş kabi köplab vazifalarni bajara oladi. Bu tovar va xizmatlarni arzonlaştirişi mumkin, biroq mehnatiga talab kamayadigan xodimlar uçun ötiş davri oğir keçişi ehtimol.

Bill Geyts 20 yildan keyin ishlarning aksariyatini robotlar bajarishini kutmoqda

Bill Geyts The Verge nashrining Decoder podkastida inson mehnatining kelajagi haqidagi qarashlarini bildirdi. Uning aytishicha, bugun odamlar bajaradigan ko‘plab vazifalarni kelajakda sun’iy intellekt va robotlar o‘z zimmasiga olishi mumkin.

Geyts bu o‘zgarishlar taxminan 20 yildan keyin yuz berishini kutmoqda. Biroq uning prognozi muhim shartga bog‘liq — sun’iy intellektning rivojlanishi sekinlashmasligi kerak.

Uning baholashicha, robotlar mehnati insonnikiga nisbatan arzonroq va samaraliroq bo‘ladi. Natijada aksariyat tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun inson mehnatiga ehtiyoj qolmasligi mumkin.

Geyts bunday o‘zgarishlar tovarlar narxining pasayishi, tibbiy yordam sifatining yaxshilanishi va taqchillikning kamayishiga olib kelishi mumkinligini aytgan. Ammo bu jarayon barcha uchun birdek yengil kechmaydi. Ayniqsa, kasbiy ko‘nikmalariga talab kamayadigan xodimlar jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

O‘zgarishlar dastlab ofis ishlari va asosan aqliy mehnatga tayanadigan ayrim kasblarda sezilishi kutilmoqda. Geytsning fikricha, bu sohalarda sun’iy intellektning ta’siri yaqin kelajakdayoq yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.

Masalan, sun’iy intellekt telefon orqali savdo qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va buxgalteriya hisobini yuritish kabi vazifalarni bajara oladi. Geyts texnologiya bu ishlarni ancha arzon, tez va aniq amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishini kutmoqda.

Uning fikricha, sun’iy intellekt insondan ustun aqliy salohiyatga erishgach, ofis va aqliy mehnat bilan bog‘liq sohalarda mutaxassislar yetishmovchiligi barham topadi.

Inson qiyofasidagi robotlar esa jismoniy mehnat bozoriga ham shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu, jumladan, qurilish va qishloq xo‘jaligiga taalluqli. Uy qurish yoki oziq-ovqat yetishtirish kabi vazifalarning robotlar zimmasiga o‘tishi mazkur sohalardagi ish o‘rinlarini o‘zgartirishi mumkin.

Suhbatda robototexnikaga investitsiyalar, ayniqsa, Xitoyda ortib borayotganiga ham e’tibor qaratilgan. Geytsning baholashicha, bu jismoniy ishlarni kam xarajat bilan bajaradigan mashinalarni yaratish imkoniyati real ekanini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, u avtomatlashtirishning ijobiy imkoniyatlarini ham ta’kidlagan. Robotlar arzonroq uy-joy qurishi, sun’iy intellekt esa kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Bunday texnologiyalar turmush darajasini oshirish va asosiy xizmatlarni ko‘proq odamlar uchun hamyonbop qilish salohiyatiga ega.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.