Texnologiya

Bill Geyts odamlarni ishdan ayirayotgani sabab SIga soliq solishni ilgari surdi

Bill Geyts sun'iy intellekt (SI) tufayli ish o'rinlari yo'qolishi sababli unga soliq solishni taklif qildi.

Microsoft asoschisi Bill Geyts sun'iy intellekt (SI) bilan bog'liq xavotirlarini ochiqladi va ishchilar o'rnini egallayotgan SI uchun yangi soliqlar joriy etishni taklif qilib, maqola chop etdi.

"Menimcha, biz SI tokenlari va robotlarga soliq joriy etishimiz kerak. Hozirda ish beruvchi insonni ishga olsa, uning daromadidan soliq to'laydi. Lekin robot sotib olsa, uni darhol ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shib yozishi mumkin. Soliq tizimi tom ma'noda odamlarni mashinalarga almashtirishga undamoqda", dedi u.

Microsoft asoschisining so'zlariga ko'ra, bunday soliq inson mehnatining tez sur'atda qisqarishini biroz sekinlashtiradi. Shuningdek, bu odamlarni malaka oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish uchun mablag' yig'ishga yordam beradi.

"Soliq SIning foydali jihatlariga, masalan, tibbiyot va ta'limni arzonlashtirishiga xalaqit bermasligi kerak", deya qo'shimcha qildi Geyts.

So'nggi paytlarda boshqa yirik texnologiya tadbirkorlari ham SI kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirmoqda. Masalan, Meta rahbari Mark Sukerberg SI sanoatining kelajagi haqida batafsil maqola e'lon qildi. Ilon Mask ham The Economist nashri bosh muharriri Zanni Minton Beddosga bergan intervyusida ushbu mavzuga to'xtalib o'tdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.