“Beruniy” bekatidagi tirbandlik videosi 2024 yilda olingan
Toshkent metropoliteni “Beruniy” bekatida yo‘lovchilar to‘plangani aks etgan video 2024 yilda olinganini maʼlum qildi.

“Beruniy” bekatidagi tirbandlik videosi 2024 yilda olingan
Toshkentdagi “Beruniy” metro bekatida yo‘lovchilar juda ko‘p to‘plangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda yana tarqaldi. Toshkent metropoliteni maʼlum qilishicha, bu kadrlar 2024 yilda olingan bo‘lib, bekatdagi bugungi holatni aks ettirmaydi.
Metropoliten matbuot xizmati ushbu video 2025 yilda ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganini bildirdi. Uning oldingi tarqalishi bo‘yicha rasmiy izohlar berilgan edi.
Hozir Toshkent metropoliteni poyezdlari belgilangan jadvalga qatʼiy amal qilgan holda harakatlanmoqda, bekatlar esa odatdagi tartibda ishlayapti. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish ham shtat rejimida amalga oshirilmoqda.
Metropoliten bekatdagi hozirgi vaziyatni tasdiqlash uchun “Beruniy” bekatidan yangi videolavhani ham eʼlon qildi.
Vedomstvo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini tekshirilmagan va eskirgan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi. Metropoliten, shuningdek, yolg‘on maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanganini eslatdi.
Avvalroq Toshkent metropoliteni yangi o‘quv yili boshlangach yo‘lovchilar oqimi ortishi kutilayotgani sababli tirband paytlarda poyezdlar harakati oralig‘ini qisqartirishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

