Belgradda Toshkent koʻchasi paydo boʻldi

Belgradda Toshkent koʻchasi paydo boʻldi
Serbiya poytaxti Belgradda Toshkent sharafiga nomlangan koʻcha ochildi. Obʼyekt davlatimiz rahbarining rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich tomonidan ochildi.
Koʻcha yangi nomni Oʻzbekiston poytaxti — boy tarixiy-madaniy merosni zamonaviy infratuzilma bilan uygʻunlashtirgan Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biriga boʻlgan hurmat belgisi sifatida oldi.
Serbiyada Toshkent koʻchasining paydo boʻlishi ikki davlat, ularning xalqlari va poytaxtlari oʻrtasidagi doʻstlik, ishonch va oʻzaro hurmat mustahkamlanishining yorqin ramzi boʻlgani taʼkidlandi.
Avvalroq Serbiya Prezidenti Mirziyoyevga mamlakatning oliy davlat ordenini topshirgan edi.

