Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgradda tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgradda tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida qatnashdi
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida davlat rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
Oliy martabali mehmonlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, birinchi xonimi Tamara Vuchich, Xalq majlisi raisi Ana Brnabich, bosh vazir Juro Matsut va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tadbirda O‘zbekiston prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekani, bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani alohida qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Serbiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalar an’anaviy do‘stona ruhda rivojlanib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi sharafiga “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglarida yoritildi.

