Layfstayl

Baliq emas, hayajon ovi: faqat qarmoq tutganlar xis qiladigan zavq haqida

Suvning mayin şovullaşi, sukunat, qimirlamay turgan qarmoq va soatlab davom etadigan intizorlik. Kimgadir zerikarli tuyulgan bu maşğulot boşqalar uçun çinakam rohat. Baliq ovining siri nimada? Nega odamlar uning maşaqqatidan ham zavq oladi?

Baliq emas, hayajon ovi: faqat qarmoq tutganlar his qiladigan zavq haqida

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joylashgan Karkidon suv ombori odatdagidek odamlar bilan gavjum. Bugun ham ovchilar o‘z yaqinlari bilan baliq ovlashga kelishgan. Havo harorati pasayganiga qaramay, baliqlar qarmoqlarga ilinmoqda. Baliq ovlashning gashti haqida mohir ovchilar bilan suhbatlashdik.

Mohir ovchilardan biri bo‘lgan Qoyil aka Abdurahmonov Karkidon suv omboridan 17 kilolik laqqa baliq tutgan ekan. U dehqonchiligidan ortib haftada ikki marta baliq oviga keladi.

«Baliqlar ayyor bo‘lib ketgan»

«Rahmatli otam ovchi bo‘lgan. 7-8 yoshimda otamga ergashib ovga ketardim. Necha yildirki, baliq ovlash hobbimga aylandi. Buni qarangki, endi ovlarga nabiralarimni olib kelyapman.

Pensiyaga chiqqanman, haftada ikki marta baliq ovga chiqmasam «mazam qochadi». Uyda dehqonchiliklarimiz bor, uni ham qilish kerak. Dehqonchilikdan ortib ovga kelib dam olib, maza qilib ketamiz-da... Bugun suvga 6 ta qarmoq tashladim.

Baliq izlab ko‘p manzillarga boramiz. Yaqinda Arnasoy, Chustga, Chortoq suv omboriga bordim. Faoliyatim davomida mana shu Karkidon suv omborida 17 kilolik laqqa baliq ovlaganman. O‘shanda Ramazon oyi edi, og‘iz ocharga endi o‘tirgan edik, shom mahalda... Birdan tiq-tiq tortib qoldi, do‘stim Rustam hamrohim edi, qayiqda ichkariga kirib ketdik. Baliq katta bo‘lgani uchun u bilan 1,5 soat olishdik. 1,5 soatlik olishuv baliqni rosmana holdan toydirdi. Keyin aldab-aldab amallab ushlab oldik. O‘sha voqeadan keyin ham 16 kilolik sazan, 14 kilolik «Belyy amur» ushladim.

Baliqlar yo aqlli, yo ayyor bo‘lib ketdimi... Hozir negadir katta baliqlar chiqmay qo‘ydi. Yemlar o‘sha-o‘sha, o‘sha qarmoqlar, mana, eski Ittifoq mahalidagi qarmoqlar.

Buni ov deb qo‘yibdi. Soat 13:00 bo‘lyapti, ertalabdan beri hali bitta ham baliq ushlaganimiz yo‘q lekin. Omadimiz kelib qolsa, 30 kg ham ushlab qo‘yamiz, 20 kg ham ushlayveramiz, uyga quruq ketgan kunlarimiz ham bo‘ladi. Baliq ilinishi havoga ham bog‘liq bo‘ladi, shamol bo‘lib qolishi mumkin, baliq bosimga qaraydi-da», deydi mohir ovchilardan biri Qoyil aka Abdurahmonov.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.