BAA Eron bilan savdo va moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatdi
Birlashgan Arab Amirliklari Eron bilan savdo almashinuvi, moliyaviy operatsiyalar va barcha turdagi faoliyatni keyingi xabarga qadar to‘xtatdi.

BAA Eron bilan savdo va moliyaviy aloqalarni to‘xtatdi
Birlashgan Arab Amirliklari Eron bilan barcha turdagi faoliyat, savdo-sotiq va moliyaviy operatsiyalarni noma’lum muddatga to‘xtatdi. Bu haqda BAA Tashqi ishlar vazirligi Strategik kommunikatsiyalar departamenti direktori Afra al-Hamli xabar berdi.
Uning yozma bayonotida shunday deyilgan: «Eron bilan barcha turdagi faoliyat, savdo almashinuvi va moliyaviy operatsiyalar keyingi xabarga qadar to‘xtatildi».
Avvalroq BAA hukumati Eron tomonidan amirliklar port infratuzilmasiga raketa hujumi uyushtirilganini ma’lum qilgan edi. Ularning xabariga ko‘ra, hujum o‘z nishoniga yetmagan.

