BAA Eronni unga qarshi ballistik raketalar uchirganlikda aybladi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Eronni o‘z hududiga ballistik raketalar otganlikda aybladi.
BAA Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Eron mamlakat hududiga kamida ikkita ballistik raketa uchirgan. Ushbu harakatga javoban, Amirliklar Eron bilan barcha savdo va moliyaviy aloqalarni to‘xtatgan.
Raketalardan biri BAAning hududiy suvlariga, ikkinchisi esa uning tashqarisiga tushgan. Hodisa yuzasidan BAAda raketa tahdidi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Bu 4-may kuni Fujayra porti o‘qqa tutilganidan keyin sodir bo‘lgan birinchi shunday holatdir.
BAA Mudofaa vazirligi bayonotida shunday deyiladi: “Mudofaa vazirligi har qanday tahdidlarga qarshi turishga va davlat xavfsizligini izdan chiqarishga qaratilgan har qanday urinishlarning oldini olishga to‘liq tayyorligini tasdiqlaydi”.
Eron esa Amirliklarga raketa uchirilganini rad etmoqda. Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy BAAning bayonotini asossiz deb atagan.

