Ayrim hududlar uchun pensiya tayinlashning ixcham tartibi sinovdan o‘tkaziladi
Pensiya jamg‘armasi bir oy muddatda O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan pensionerlarning pensiya to‘lovlarini olish huquqini tasdiqlashda “MyID”

Ayrim hududlarda pensiya tayinlashning ixcham tartibi sinovdan o‘tkaziladi
Hukumatning joriy yil 19-oktyabrdagi 576-son qarori bilan fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash bo‘yicha ixcham xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari belgilandi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil oktyabr–dekabr oylarida tajriba-sinov tariqasida Pensiya jamg‘armasining quyidagi tuman (shahar) bo‘limlarida pensiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash hamda to‘lash bilan bog‘liq vazifalar hududiy boshqarmalarga o‘tkaziladi:
Hududiy boshqarmalarda har bir tuman (shahar) uchun 3 kishidan iborat komissiya, tuman (shahar) bo‘limlarida esa fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, quyidagi xizmatlar fuqaroning murojaatini talab qilmagan holda proaktiv shaklda ko‘rsatiladi:
Komissiya ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n kun ichida tegishli qaror qabul qiladi.
Pensiya jamg‘armasi bir oy muddatda O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan pensionerlarning pensiya to‘lovlarini olish huquqini tasdiqlashda “MyID” axborot tizimi orqali shaxsni tasdiqlash imkonini yaratadi.

