Mahalliy

Pensiya tizimida fuqarolardan qog‘oz hujjatlar qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi

Prezidentning 2026-yil 28-sentyabrdagi PQ–355-son qarori bilan davlat pensiya ta’minoti xizmatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va proaktiv shaklga

Pensiya tizimida fuqarolardan qog‘oz hujjatlar qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi

Prezidentning 2026-yil 28-sentyabrdagi PQ–355-son qarori bilan davlat pensiya ta’minoti xizmatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va proaktiv shaklga o‘tkazish belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan Pensiya jamg‘armasi fuqarolardan qog‘oz ko‘rinishidagi hujjat va ma’lumotlarni qabul qilish amaliyotini to‘xtatadi. Pensiyaga doir zarur ma’lumotlar axborot tizimlari orqali olinadi.

Shu kundan boshlab «Mening pensiyam» onlayn xizmati ham ishga tushiriladi. Ushbu xizmat orqali fuqarolar pensiya hisobida inobatga olinadigan mehnat staji, kunduzgi ta’lim davri va harbiy xizmatga oid ma’lumotlarni ko‘rishi, pensiya miqdorini aniqlashi hamda arxiv ma’lumotlarini olish uchun elektron so‘rov yuborishi mumkin bo‘ladi. Pensiya yoshiga yetishiga bir yil qolgan fuqarolar oldindan xabardor qilinadi.

2027-yil 1-yanvardan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi ham alohida arizasiz, proaktiv tartibda tayinlanadi. Bundan tashqari, pensiya to‘lovini naqd pul shakliga o‘tkazish, to‘xtatilgan pensiyani qayta tiklash va yashash manzili o‘zgarganda pensiya ishini hisobga qo‘yish kabi xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatiladi.

2026-yil 1-noyabrdan pensiya tayinlangan fuqarolarga bank hisobvarag‘ini biometrik identifikatsiya — Face-ID orqali ochish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-dekabrdan fuqarolar pensiyaning bir turidan boshqasiga o‘tish yoki qo‘shimcha arxiv va elektron ma’lumotlar asosida pensiya miqdorini qayta hisoblatish uchun elektron murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Qarorda pensiya tizimida byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va xizmatlarni 2027-yil 1-yanvarga qadar to‘liq interaktiv hamda proaktiv shaklga o‘tkazish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.