Iqtisodiyot

Avtovokzal va temir yöl vokzallari 3 yilgaça soliqlardan ozod etilişi mumkin

Özbekistonda avtovokzallar, avtostansiyalar, temir yöl vokzallari va mahalliy aeroportlarni 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargaça mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qiliş taklif etilyapti. Bundan taşqari, avtostansiyalar hududining 20 foizigaça bölgan qismida turli majmualar qurişga ruxsat beriş közda tutilgan.

Avtovokzal va temir yo‘l vokzallari 3 yilgacha soliqlardan ozod etilishi mumkin

O‘zbekistonda avtovokzal va temir yo‘l vokzallari uch yil muddatga soliqdan ozod qilinishi mumkin. Transport vazirligi shu bo‘yicha qaror loyihasini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda avtovokzallar, avtostansiyalar, temir yo‘l vokzallari va mahalliy aeroportlarni 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilish taklif etilmoqda.

Shuningdek, Markaziy bank tijorat banklari orqali tadbirkorlarga avtovokzal va avtostansiyalarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiya qilish uchun imtiyozli shartlarda uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmini joriy etishi mumkin. Bunday kreditlar shahar ichi, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish uchun yangi mikroavtobuslar xarid qilishga ham yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, avtostansiyalar hududining 20 foizigacha bo‘lgan qismida turli majmualar qurishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan. Ular elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, mehmonxonalar, texnik servis punktlari, avtomobil yuvish shoxobchalari va do‘konlarni o‘z ichiga olishi mumkin.

Qaror loyihasi muhokamasi 11-noyabrgacha davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.