Avariya va falokatlardan jabrlanganlarga zararni qoplaş tartibi belgilandi
Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş tartibi belgilandi. Halok bölgan fuqarolarning oila aʼzolariga 500 BHMgaça, jarohat olganlarga esa jarohat oğirligiga qarab 100–200 BHMgaça bir martalik moddiy yordam beriş nazarda tutilgan.

Avariya va falokatlardan jabrlanganlarga zararni qoplash tartibi belgilandi
Hukumatning 2026-yil 3-noyabrdagi 606-son qarori bilan bu boradagi nizom tasdiqlandi
Nizom transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli hamda yong‘in-portlash xavfi mavjud obyektlardagi favqulodda vaziyatlar, energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar, bino konstruksiyalarining to‘satdan buzilishi kabi holatlarni qamrab oladi.
Jabrlanganlar favqulodda vaziyat yuzaga kelgan kundan boshlab 30 kun mobaynida belgilangan shakldagi arizani to‘ldirib, tegishli komissiyaga taqdim etishi kerak.
Sud tomonidan aybdorlar aniqlangunga qadar yetkazilgan zarar tegishli tuman yoki shahar hokimligi huzuridagi maxsus jamg‘armadan qoplanadi. Aybdor deb topilgan yuridik shaxslar yoki ularning mansabdor shaxslari zararni belgilangan muddatda to‘liq qoplay olmagan hollarda ham to‘lov ushbu jamg‘armadan amalga oshiriladi.
Shuningdek, komissiya dalolatnomasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida bir martalik moddiy yordam to‘lanadi. Bu yordam aybdor deb topilgan yuridik shaxslar yoki ularning mansabdor shaxslari hisobidan beriladi.
Moddiy yordam miqdorlari quyidagicha belgilangan:
Halok bo‘lgan fuqaroning oila aʼzolariga - BHMning 500 baravarigacha. Mablag‘ uning turmush o‘rtog‘i, bolalari, ota-onalari va qaramog‘idagi shaxslar o‘rtasida teng ulushda taqsimlanadi;
Og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarga - BHMning 200 baravarigacha;
O‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan fuqarolarga - BHMning 150 baravarigacha;
Yengil tan jarohati olgan fuqarolarga - BHMning 100 baravarigacha.

