Audi AQŞda ilk zavodini oçadi. Loyiha qiymati 4 mlrd dollar
Audi avtokonserni AQŞning Jorjiya ştatida özining ilk zavodini quradi. Bunga asosiy sabab sifatida Tramp maʼmuriyati tomonidan import avtomobillari va butlovçi qismlariga joriy etilgan 15 foizlik bojlar keltirilyapti.

Audi AQŞda ilk zavodini quradi. Loyiha qiymati 4 mlrd dollar
Germaniyaning Audi avtokonserni AQŞning Jorjiya shtatida o‘zining ilk zavodini barpo etishni rejalashtirmoqda. Loyiha uchun qariyb 4 milliard dollar sarmoya ajratiladi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Gernot Dyoellner hamda AQŞ prezidenti Donald Tramp ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda eʼlon qilindi.
Hozirga qadar Audi Amerika bozori uchun avtomobillarni Yevropa va Meksikadagi zavodlaridan import qilib kelardi. Tramp maʼmuriyati tomonidan import avtomobillari va butlovchi qismlariga joriy etilgan 15 foizlik bojlar sabab kompaniya o‘tgan yili 1,2 milliard yevro (taxminan 1,4 mlrd dollar) qo‘shimcha xarajat qilishga majbur bo‘lgan. Ekspertlar fikricha, moliyaviy bosim va AQŞ bozorida sotuvlarning qisqarishi (joriy yilda sotuvlar 16 foizga tushgan) nemis brendini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga undamoqda.
Yangi zavodda yiliga 200 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Asosan qimmatbaho va yirik yo‘ltanlamaslar, jumladan, Audi Q7, Q8 va Q9 modellari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Qurilish keyingi yil boshlanadi, ishlab chiqarish 2030-yillar boshiga mo‘ljallangan.

