Dunyo

AQSh Markaziy Osiyoga kiberxavfsizlik uchun 5 million dollar ajratdi

AQSh Markaziy Osiyoga kiberxavfsizlik uchun 5 million dollar yoʻnaltirdi

Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlarining raqamli sektori va kiberxavfsizligini rivojlantirish uchun 5 million dollar ajratdi. Bu haqda Ostonada boʻlib oʻtayotgan «superintellekt» boʻyicha C5+1 konferentsiyasida maʼlum boʻldi.

Qozogʻiston poytaxtida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh vakillari toʻplandi. Uchrashuvning asosiy mavzulari sunʼiy intellekt, raqamli infratuzilma, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari va kibertahdidlardan himoyalanish boʻldi.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Mark Kemeron Vashington CRDF Global orqali mintaqa mamlakatlariga 5 million dollar ajratganini maʼlum qildi.

Mablagʻlar raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va kiberhimoyaga yoʻnaltiriladi. Xususan, gap mutaxassislarni tayyorlash, kiberintsidentlarga chora koʻrishni yaxshilash, muhim infratuzilma va moliya sektorini himoya qilish, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi milliy siyosatni rivojlantirish haqida bormoqda.

«Biz kibergigiyena darajasini oshirish, kiberintsidentlarga chora koʻrishni takomillashtirish, muhim infratuzilani himoya qilish, moliya sektori xavfsizligini mustahkamlash va kiberxavfsizlik sohasidagi siyosatni rivojlantirishga koʻmaklashish niyatidamiz», — dedi Kemeron.

C5+1 konferentsiyasi, shuningdek, neyrotarmoqlar, raqamli infratuzilma va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini rivojlantirishga bagʻishlangan. Ishtirokchilar IT-startaplarni qoʻllab-quvvatlash, SI sohasidagi hamkorlikdagi tadqiqotlar va taʼlim, raqamli xizmatlar hamda AQSh texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlikni muhokama qilmoqdalar.

Sunʼiy intellektning yangi nomi alohida eʼtibor tortdi. AQSh Prezidenti Donald Tramp avvalroq SIni «superintellekt» deb atashni taklif qilgan edi, chunki uning fikricha, «sunʼiy» soʻzi «intellektni soxtalashtiradi».

Tramp SI nomini oʻzgartirish haqida 22 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chogʻida maʼlum qilgandi. Shuningdek, AQSh Davlat departamenti amerikalik diplomatlarga odatiy «sunʼiy intellekt» atamasi oʻrniga «superintellekt» atamasini qoʻllashni tavsiya etgani maʼlum.

Ostonadagi uchrashuv oʻtgan yilning noyabr oyida Vashingtonda Markaziy Osiyoning beshta davlati rahbarlari va AQSh Prezidenti ishtirokida boʻlib oʻtgan C5+1 sammiti kelishuvlarining davomi boʻldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.