Dunyo

AQŞning Yaqin Şarqdagi admirali Trampga Eronga zarba beriş variantlarini taqdim etdi – OAV

Qayd etilişiça, admiral Kuperning Tramp huzuriga şaxsan taşrif buyurgani AQŞ Eronga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşlaş masalasini tobora jiddiy körib çiqayotganidan dalolat berişi mumkin.

AQŞning Yaqin Şarqdagi admirali Trampga Eronga zarba beriş variantlarini taqdim etdi – OAV

AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligining (CENTCOM) Yaqin Şarqdagi rahbari, admiral Bred Kuper prezident Donald Trampga Eronga qarşi harbiy harakatlar variantlarini taqdim etdi.

Xabarda aytilişiça, uçraşuv Oq uyda bölib ötgan. Muhokamada, şuningdek, uruş vaziri Pit Hegset va Qurolli kuçlar boş ştab boşliqlari qömitasi raisi, general Den Keyn ham iştirok etgan. Tomonlar harbiy harakatlarni boşlaş variantlarini muhokama qilişgan.

Gazetaning yozişiça, Kuperning Tramp huzuriga şaxsan taşrif buyurgani AQŞ Eronga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşlaş masalasini tobora jiddiy körib çiqayotganidan dalolat berişi mumkin.

Avvalroq WSJ Vaşington Fors körfazidagi qator mamlakatlarni Eronga qarşi «qisqa muddatli va jadal harbiy kampaniya»ga tayyorgarlik köriş zarurligi haqida ogohlantirgani töğrisida xabar bergandi. Gap Kongressga oraliq saylovlar ötkazilganidan keyingi davr haqida bormoqda.

Öz navbatida, Eron ikki hafta oldin yangi ogohlantiriş bilan çiqib, agar AQŞ yoki Isroil Eronga yana hujum qilsa, Tehron mintaqadagi Amerika manfaatlariga aloqador infratuzilma obyektlariga zarba berişi mumkinligini maʼlum qilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.