Dunyo

AQŞga uçuvçi yölovçilar uçun deklaratsiya töldiriş majburiy böladi

2026-yil 3-noyabrdan AQŞga uçuvçi barça yölovçilar, jumladan, tranzit yölovçilar ham safardan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasida bölmaganini tasdiqlovçi deklaratsiyani töldirişi şart böladi. Hujjatni taqdim etmaganlar reysga qöyilmaydi.

AQŞga uçuvçi yölovçilar uchun deklaratsiya to‘ldirish majburiy bo‘ladi

2026-yil 3-noyabrdan boshlab xorijiy davlatlardan AQŞga uchib keladigan barcha yo‘lovchilar, jumladan tranzit yo‘lovchilar ham maxsus deklaratsiya to‘ldirishi shart bo‘ladi.

AQŞ Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) joriy etayotgan talabga ko‘ra, har bir yo‘lovchi AQŞga uchishdan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hududida bo‘lmaganini tasdiqlovchi qog‘oz yoki elektron deklaratsiyani to‘ldirishi va imzolashi kerak.

KDR aeroporti orqali tranzitdan o‘tish ham mamlakat hududida bo‘lganlik hisoblanadi. Bu hatto yo‘lovchi samolyotdan yoki aeroportdan tashqariga chiqmagan holatlarga ham taalluqli.

Jiddiy talablar KDR hududida o‘ta xavfli Ebola virusining tarqalishi bilan bog‘liq.

18 yoshga to‘lmagan yo‘lovchilar uchun deklaratsiyani ota-onasi, vasiysi yoki boshqa vakolatli shaxs to‘ldiradi va imzolaydi.

Deklaratsiyani taqdim etmagan yo‘lovchilar reysga chiqarilmaydi. Qasddan yolg‘on maʼlumot berish esa AQŞ qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Yo‘lovchilarga talablar bilan oldindan tanishib chiqish va aeroportga kelishdan avval deklaratsiyani tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.