Texnologiya

Apple ilk buklama smartfonini taqdim etdi

Apple buklama smartfonlar bozoriga iPhone Duo bilan kirib keldi. Yangi qurilma ikkita displey, qoʻshaloq kamera va buklanish holatiga moslashuvchi iOS interfeysi bilan jihozlangan.

Apple o‘zining ilk buklama smartfoni — iPhone Duo’ni namoyish qildi.

Apple kompaniyasi tarixdagi birinchi buklama smartfon sifatida iPhone Duo’ni taqdim etdi.

iPhone Duo ikkita ekranli, qo‘shaloq kamerali va old kamera uchun tirqishli qurilma bo‘lib, kompaniya uning ustida 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlagan.

Ichki displeyning diagonali 7,5 dyuym, tashqi displeyniki esa 5,4 dyuymni tashkil etadi. Tashqi displey o‘lchami iPhone 18 Pro ekran maydonining qariyb 90 foiziga teng.

Smartfon Apple Pencil bilan ham to‘liq mos keladi. U faqat ikki rangda — kulrang va to‘q ko‘kda taqdim etiladi.

iPhone Duo’ni istalgan holatda buklash mumkin, iOS esa interfeysni shunga mos ravishda o‘zgartiradi.

Apple allaqachon Netflix va boshqa mashhur ilovalar ishlab chiquvchilari bilan birga ularning interfeyslarini yangi ekran formatiga moslashtirgan.

iPhone Duo akkumulyatori bir kunlik ish vaqtiga mo‘ljallangan. Video ijro etilganda ichki ekran 31 soatgacha, tashqi ekran esa 44 soatgacha ishlashni ta’minlaydi.

iPhone Duo narxi 1999 dollardan boshlanadi. 2 Tb xotirali top-versiya 2999 dollardan baholanadi. Sotuvlar 23-oktabrdan boshlanadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.