APL. “Liverpul” “Nottingem Forest” bilan jangovar durang qayd etdi

APL. "Liverpul" "Nottingem Forest" bilan murosasiz durang o'ynadi
Angliya Premyer Ligasining 2-turida "Liverpul" va "Nottingem Forest" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. "Enfild" stadionida bo'lib o'tgan bahsda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
O'yindagi hisob 24-daqiqada mehmon jamoa futbolchisi Dan Ndoye tomonidan ochildi. Oradan 8 daqiqa o'tib, mersisaydliklar yarimhimoyachisi Florian Virts hisobni tenglashtirgandi, biroq ofsayd tufayli gol bekor qilindi.
Uchrashuvning 60-daqiqasida "Liverpul" hujumchisi Aleksandr Isak hisobni tenglashtirdi. 10 daqiqa o'tib, "o'rmonchilar" yarimhimoyachisi Morgan Gibs-Uayt penaltidan Alisson Bekker qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. 82-daqiqada esa mezbonlarning yangi a'zosi Viktor Munyoz muvozanatni tiklab, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Avvalgi turda "Liverpul" "Nyukasl" bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, "Nottingem Forest" "Lids"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Keyingi turda "qizillar" 5-sentyabr kuni safarda "Ipsvich"ga qarshi bahs olib boradi. "O'rmonchilar" esa shu kuni o'z maydonida "Tottenhem"ni qabul qiladi.
Angliya Premyer Ligasi, 2-tur
"Liverpul" — "Nottingem Forest" 2:2
Gollar: 0:1 — Ndoye (24), 1:1 — Isak (60), 1:2 — Gibs-Uayt (penalti, 70), 2:2 — Munyoz (82)

