APLda sensatsiya: “Man Yunayted” ilk turda “Hall Siti”ga mag‘lub bo‘ldi

APLda kutilmagan natija: "Manchester Yunayted" mavsumning birinchi o'yinida "Hull Siti"ga yutqazdi.
Angliya Premyer Ligasining 2026/2027-yilgi mavsumining 1-turida "Hull Siti" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda "yo'lbarslar" 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yin Kingston-Halldagi "MKM" stadionida bo'lib o'tdi.
17-daqiqada Semi Ajayi "Hull Siti"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada Nobel Mendi jamoasining ustunligini mustahkamladi va hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Bu hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmadi va 10 yillik tanaffusdan so'ng APLga qaytgan Sergey Yakirovich boshchiligidagi jamoa turnirni ishonchli g'alaba bilan boshladi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Hull Siti" Chempionshipda 73 ochko bilan 6-o'rinni egallagan va pley-offdagi g'alaba orqali APL yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. "Manchester Yunayted" esa Angliya oliy divizionida 71 ochko bilan 3-o'rinni egallagan.
Keyingi turda "yo'lbarslar" 29-avgust kuni safarda "Koventri Siti"ga qarshi bahs olib boradi. "Qizil iblislar" esa 30-avgust kuni o'z maydonida "Ipsvich Taun"ni qabul qiladi.

