Antarktidada pingvin sanaşga xodimlar qidirilyapti. Oylik - 33 mln sömgaça
Antarktidaning Goudier orolida joylaşgan Port-Lokroy tadqiqot stansiyasida işlaş uçun yangi xodimlar izlanyapti. Oylik maoş - 1449 funtdan 2 096 funtgaça yoki 23 mln sömdan 33,3 mln sömgaça. Iş davomiyligi 5 oy. Tanlab olingan xodimlar pingvinlarni sanaş, poçta bölimida xizmat körsatiş hamda muzey va suvenirlar dökoni faoliyatini yuritiş bilan şuğullanadi.

Antarktidada pingvinlarni sanash uchun xodimlar izlanmoqda. Maosh — 33 mln so‘mgacha.
Britaniyaning UK Antarctic Heritage Trust jamg‘armasi Antarktidaning Goudier orolida joylashgan Port-Lokroy tadqiqot stansiyasida ishlash uchun yangi xodimlarni qidirmoqda.
Tanlab olinadigan xodimlarning asosiy vazifalari quyidagilar: dunyoning eng janubiy pochta bo‘limida xizmat ko‘rsatish (yiliga qariyb 80 mingta xat va otkritkani saralash), pingvinlar koloniyasini sanash va biologik kuzatuv olib borish, shuningdek, mahalliy muzey va suvenirlar do‘koni faoliyatini yuritish. Ish 5 oyga — noyabr-mart oylariga mo‘ljallangan. Oylik maosh 1449 funtdan 2096 funtgacha yoki 23 mln so‘mdan 33,3 mln so‘mgacha.
Xodimlardan jismonan baquvvat bo‘lish talab etiladi. Ular 20 litrli suv idishlarini tashishi, og‘irligi 15 kilogacha bo‘lgan qutilarni ko‘tarishi, qorni tozalashi va sirpanchiq qoyalar yonidagi qayiqlardan yuklarni tushirishi kerak. Potensial nomzod Buyuk Britaniyada istiqomat qilishi va u yerda rasmiy ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega bo‘lishi shart. Saralashda yoshdan oshganlar qatnasha oladi.
Stansiyada oqayotgan suv yo‘q. Yuvinish haftasiga bir marta keladigan kemalarda amalga oshiriladi. Ob-havo yomon bo‘lsa, dushsiz 2 haftagacha qolib ketish mumkin. Aloqa cheklangan sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Xodimlar umumiy yotoq joyiga ega kazarmada yashaydi. Ichkarida harorat 14-15 daraja, tashqarida esa -5 dan +5 darajagacha bo‘ladi. Turar joy, oziq-ovqat va maxsus qishki issiq kiyim-bosh ish beruvchi tomonidan beriladi.

